logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» Valverde va Tchuameni o'rtasidagi janjaldan foydalanib qolmoqchi

 13 MAY, 2026, 22:12

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, urugvaylik futbolchining transferiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» Madrid klubi ichidagi notinch vaziyat — Valverde va uning jamoadoshi Orelen Tchuameni o'rtasida kelib chiqqan janjal fonida ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko'rmoqchi.

Hozircha «qaymoqranglilar» rahbariyati yarim himoyachining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q.

Ma'lumot uchun, Federiko Valverde 2016 yilda «Penyarol» klubidan 5 million evro evaziga «Real»ga o'tgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi «Real» safida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 9 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ