logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silvani Jahon chempionatiga olib ketmoqchi

 13 MAY, 2026, 18:36

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Portu» himoyachisi Tyago Silvaning Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

The Guardian nashriga bergan intervyusida italiyalik mutaxassis 41 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezayotganini ta'kidladi.

«Ha, Tyago Silva mening Jahon chempionati uchun rejalarimga kiritilgan. U ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi va ayni damda jismoniy holati juda yaxshi. Terma jamoa uchun etakchilar juda muhim. Baxtimizga, tarkibimizda katta obro'ga ega bo'lgan etakchilar bor», — deydi Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Tyago Silva joriy mavsumda «Portu» safida barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ