logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» to'purari o'zi uchun eng qulay pozitsiyani aytdi

 13 MAY, 2026, 18:30

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro London klubidagi pozitsiyasi va maydondagi roli borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi TNT Sports va Lance nashrlariga bergan intervyusida hujum markazida o'ynash istagini yashirib o'tirmadi.

«Chelsi»ga o'tgan vaqtimdan beri bu haqda ko'p gapirganman — men faqat «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynashni istayman. Pozitsiyangni doimiy ravishda o'zgartiraverganingda, berilgan rolni his qilish qobiliyatini yo'qotar ekansan. Darvozaga yaqinroq, sof hujumchi rolida o'ynash menga ko'proq mos keladi. Biroq men jarima maydonchasi ichida shunchaki to'p kutib turadigan hujumchi emasman, balki o'yin jarayonida faol ishtirok etishni yoqtiraman», — deydi Pedro.

Ma'lumot uchun, Joao Pedro joriy mavsumda «Chelsi» libosida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ