logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peresning va'dasi ish bermadi

 13 MAY, 2026, 18:12

«Real» prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya» to'sig'idan o'tish uchun futbolchilarga katta miqdorda mukofot puli va'da qilgani ma'lum bo'ldi.

AS nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, Peres yarim final yo'llanmasi uchun har bir futbolchiga 500 ming evrodan bonus taklif qilgan. Klub rahbariyati bunday rag'bat jamoa uchun qo'shimcha motivatsiya bo'ladi, deb hisoblagan.

Biroq Alvaro Arbeloa shogirdlari Myunxen klubi to'sig'idan o'ta olishmadi. Madridliklar dastlab o'z uylarida (1:2), so'ngra safarda (3:4) imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa, «Real» 2025/2026 yilgi mavsumni birorta sovrinsiz yakunlaydigan bo'ldi. Yaqin haftalar ichida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumning Chempionlar Ligasi finalida «PSJ» va Londonning «Arsenal» jamoalari to'qnash kelishadi. Turnirning bosh sovrini uchun bahs 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ