logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» va Levandovski yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi — Romano

 13 MAY, 2026, 17:36

Ispaniyaning «Barselona» klubi hamda hujumchi Robert Levandovski yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

«Robert Levandovski va “Barselona”: yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar to'liq to'xtatildi va futbolchining yozda jamoani tark etish ehtimoli juda yuqori. Agar yangi taklif bo'lmasa, Levandovski klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Saudiya Pro-Ligasi va MLS klublari unga qiziqish bildirmoqda. Italiya klublari ham vaziyatni kuzatmoqda, ammo transfer ular uchun juda qimmatga tushadi.

Ayni paytda, kecha xabar qilinganidek, uning klubda qolishi deyarli ehtimoldan yiroq», — deb yozdi Fabritsio Romano.

37 yoshli Robert Levandovski 2022 yildan buyon «Barselona» safida to'p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxiriga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ