logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Mourinoning «Real»ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 13 MAY, 2026, 16:00

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida jamoa boshqaruviga Joze Mourino qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga to'xtalib o'tdi.

— Kelajagingiz haqida o'ylayapsizmi? Joze Mourino haqida gapirishmoqda... Uning shtabida qolarmidingiz?

— Bu savollarni tushunaman, lekin faqat navbatdagi o'yin haqida o'ylash borasidagi qarorimni hurmat qiling. Chempionat tugaganidan keyin javob berishim mumkin. Hozir bor e'tiborni «Real Ovedo» bilan o'yinga qaratish kerak.

— Kelajagingiz o'zingizga aniqmi?

— Shubhalarni tushunaman. Sizning o'rningizda bo'lganimda, men ham shunday savollar bergan bo'lardim. Ammo men o'zimni emas, balki «Real» uchun nima yaxshiroq ekanini o'ylashim kerak, dedi Arbeloa.

«Real» va «Real Ovedo» jamoalari payshanba, 14 may kuni o'zaro bahs olib borishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ