logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» rahbariyati Kerrik bilan hamkorlik davom etishiga umid qilmoqda

 13 MAY, 2026, 15:36

«Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerrikning jamoaga doimiy bosh murabbiy etib tayinlanishini qo'llab-quvvatlaydi. The Athletic xabariga ko'ra, bu masala klub ijroiya qo'mitasining yaqin oradagi yig'ilishida hammuassis Jim Retkliff ishtirokida muhokama qilinadi.

Bosh direktor Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkoks jamoa bilan aynan Kerrik ishlashda davom etishi kerak deb hisoblamoqda. Mutaxassis hozirdanoq keyingi mavsum rejalarini tuzishda ishtirok etmoqda. Yakuniy qaror Retkliffda qolsa-da, futbolchilar va klub xodimlari orasida murabbiy o'z lavozimida qolishiga bo'lgan ishonch ortib bormoqda.

Kerrik kelgan vaqtda «MYu» APLda ettinchi o'rinda edi, hozirda jamoa uchinchi o'rinda bormoqda va keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qilib bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ