logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» «Real»dagi mojarodan foydalanib, Valverdeni sotib olmoqchi

 13 MAY, 2026, 13:42

«Real» Madrid sardori Federiko Valverde faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Urugvaylik yarim himoyachining xizmatlariga «PSJ» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Markos Benito o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.

Manbaning ta'kidlashicha, Parij klubi Valverde uchun 80-100 million evro atrofida mablag' sarflashga tayyor. «PSJ» rahbariyati «Real» ichidagi so'nggi mojarolar Federikoning Madridni tark etish qaroriga ijobiy ta'sir qilishidan umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Valverde «Real» mashg'ulotlari vaqtida jamoadoshi Orelen Tchuameni bilan mushtlashib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Parijliklar aynan shu keskin muhitdan foydalanib, futbolchini o'z tomonlariga og'dirib olmoqchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ