logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Fernandesh uchun 100 million evroga yaqin mablag' sarflashi mumkin

 13 MAY, 2026, 11:54

«Vest Xem» jamoasi yarim himoyachisi Mateush Fernandesh uchun ancha baland narx belgiladi. «Manchester Yunayted» 21 yoshli futbolchini transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rayotgan bo'lsa-da, portugaliyalikni sotib olish oson kechmaydi.

Football Insider nashrining xabariga ko'ra, «bolg'achilar» o'z yarim himoyachisining sotuvidan kamida 84 million funt sterling (taxminan 97 million evro) ishlab olmoqchi. Qayd etilishicha, ushbu transfer g'oyasini «qizil iblislar» sardori Brunu Fernandesh faol qo'llab-quvvatlamoqda va ilgari surmoqda.

«Vest Xem» rahbariyati, hatto jamoaning Chempionshipga tushib ketish xavfi yuqori bo'lishiga qaramay, Mateush Fernandeshning narxi bo'yicha yon bosish niyatida emas. Ma'lumot o'rnida, Transfermarkt mutaxassislari ayni damda futbolchining bozor qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ