logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» Grizmanning ketishiga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda? Klub sport direktori javob berdi

 13 MAY, 2026, 11:24

Madridning «Atletiko» klubi sport direktori Mateu Alemani jamoa hujumchisi Antuan Grizmannga o'rinbosar izlash masalasi haqidagi savolga javob berdi. «Matraschilar»ning yulduzi allaqachon «Orlando Siti» bilan shartnoma imzolagan — frantsuzning transferi shu yilning yozida amalga oshadi.

«Antuanning o'rnini to'g'ridan-to'g'ri to'ldirib bo'lmaydi — xuddi shunday futbolchini topishning iloji yo'q. Jamoaga zarar etmasligi uchun biz muqobil variantlarni qidirishimizga to'g'ri keladi. Bu bo'yicha allaqachon ba'zi g'oyalarimiz bor. Rejalarimiz bosh murabbiyning qarashlariga to'liq mos keladi», — deya Alemanining so'zlarini keltiradi Atletico Universe.

Ma'lumot o'rnida, Diego Simeone shogirdlari hozirda La Liga turnir jadvalida to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ