Angliya terma jamoasi a'zosi «Bavariya» bilan kelishuv arafasida turibdi
13 MAY, 2026, 10:48
«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirishga rozilik berish arafasida. Bu haqda Bild nashriga tayanib Bayern & Germany xabar tarqatdi.
Manbaning ta'kidlashicha, myunxenliklar kuzatuv kengashi klub sport direktori Maks Eberlning ushbu transfer borasidagi rejasini to'liq qo'llab-quvvatlamoqda. Shunga qaramay, kelishuv amalga oshishi uchun «qarg'alar» futbolchi uchun so'ralayotgan narxni biroz pasaytirishlariga to'g'ri keladi. 25 yoshli angliyalik futbolchining o'zi esa Bundesliga grandiga o'tishni istamoqda va klub bilan kelishuvga yaqin kelgan.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali Entoni Gordonning bozor qiymatini 60 million evroga baholagan, biroq «Nyukasl» o'z etakchisi uchun ko'proq mablag' talab qilmoqda. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan.
