logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelotti Neymar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

 13 MAY, 2026, 09:06

Yaqinda 34 yoshli futbolchining JCh-2026 uchun "selesao"ning kengaytirilgan tarkibiga kiritilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yulduz futbolchining yakuniy ro'yxatdan joy olishi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

"Neymarni futbolchilar ham, muxlislar ham yaxshi ko'rishadi. Uni terma jamoaga chaqirilishini kiyinish xonasiga tashlangan "bomba"ga o'xshatib bo'lmaydi, chunki uni juda qadrlashadi. Har kimning o'z fikri bo'lishi tabiiy hol. Menga maslahat berayotgan barchaga rahmat aytaman. Neymar — mamlakat uchun muhim o'yinchi. Unda ulkan iste'dod bor va u buni doimo isbotlab kelgan. Hozir u o'z muammolarini engib o'tishga harakat qilmoqda", — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ