logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lautaro Martines: «Shubhalar bor edi, lekin u hammasini isbotladi»

 13 MAY, 2026, 08:54

Milanning «Inter» klubi sardori Lautaro Martines jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Neradzurri» allaqachon A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, bugun Italiya Kubogi finalida «Latsio»ga qarshi bahsda «oltin dubl»ni rasmiylashtirishi mumkin.

«Jarohatlar bilan bog'liq muammolar meni to'xtatib qolgandi, ammo men qattiq ishladim va sport formamni tiklashga muvaffaq bo'ldim. Ushbu mavsumdan, jamoamiz va murabbiyimizdan juda mamnunman. Boshida shubhalar bor edi, lekin Kivu hamma narsaga tezda oydinlik kiritdi va o'z mahoratini isbotladi. Biz uni eshitdik va natijaga erishdik», — dedi Lautaro InterTV telekanaliga bergan intervyusida.

Kristian Kivu o'tgan yilning iyun oyida «Al-Xilol»ga ketgan Simone Indzagi o'rnini egallab, «Inter» boshqaruviga kelgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ