logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atalanta» murabbiy bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

 13 MAY, 2026, 08:12

«Atalanta»da navbatdagi murabbiy o'zgarishi kutilmoqda. Bergamoliklarning hozirgi ustozi Raffaele Palladino, katta ehtimol bilan, tez orada o'z lavozimini tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klub rahbariyati mavsum yakunlangach 42 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni to'xtatishni rejalashtirgan. Raffaele Palladino ushbu lavozimni o'tgan yilning noyabr oyida egallagan edi.

Ayni damda, 36-turdan so'ng «Atalanta» Seriya A turnir jadvalida ettinchi pog'onani egallab turibdi. Qayd etish joizki, Bergamo jamoasining bundan yuqoriroq o'ringa ko'tarilish imkoniyati qolmagan. Palladinoning amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan edi, biroq tomonlar mavsum oxiridayoq ajralishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ