logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» yangi himoyachi bilan kelishuvga erishdi

 13 MAY, 2026, 07:06

«Sassuolo» markaziy himoyachisi Tarik Muharemovich Milanning «Inter» klubiga o'tishga rozilik berdi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «neradzurri» 23 yoshli futbolchi bilan printsipial kelishuvga erishgan.

Bosniyalik futbolchining «Inter» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallanadi, maoshi esa yiliga 2,2 million evroni tashkil qiladi. Endi Milan grandi «Sassuolo» bilan transfer borasida kelishib olishi kerak — hozirda muzokaralar davom etmoqda. Italiyaning amaldagi chempionlari «neroverdi»ga futbolchini ijaraga olish va 2027 yilning fevralida sotib olish majburiyatini taklif qilmoqda.

Transfermarkt portali Tarik Muharemovichning narxini 20 million evroga baholamoqda. Qayd etish joizki, futbolchiga bo'lgan huquqlarning yarmi hamon «Yuventus»ga tegishli.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ