Veri: «Lautaro «Inter» tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishi mumkin»
13 MAY, 2026, 06:54
«Inter»ning sobiq hujumchisi Kristian Veri argentinalik to'purar Lautaro Martines klub tarixidagi eng yaxshi hujumchi bo'lishiga ishonmoqda.
«U «Inter» tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishi mumkin. Lautaro Altobellini, balki hatto Juzeppe Meatstsani ham ortda qoldirar. Garchi Meatstsaning natijasigacha yana yuzta gol bor bo'lsa-da, u gol urishda davom etadi. Uning oldida yuqori darajada o'ynaydigan hali ko'p yillari bor», — deya Verining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o'tamiz, Lautaro Martines 2018 yildan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u jamoasi bilan birgalikda yana bir bor Italiya chempioniga aylandi.
