logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kroos: «Buni qabul qilib bo'lmaydi»

 13 MAY, 2026, 06:48

Madridning «Real» klubi ketma-ket ikkinchi mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda. Bu holat yaqin o'tmishda «Real»ning ko'plab g'alabalariga ulkan hissa qo'shgan Toni Kroosni qattiq tashvishga solmoqda.

«Ikki mavsumni sovrinsiz o'tkazish — «Real» uchun mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydigan holat. Klub ichida salbiy dinamika kuzatilmoqda», — deya Kroosning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik yarim himoyachi faoliyatining o'n yilini (2014 yildan 2024 yilgacha) Madrid klubiga bag'ishlagan. Ispaniyaga ko'chib o'tishdan avval u Myunxenning «Bavariya» jamoasida to'p tepgan va u erda ham Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ