logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Veri: «Kivu kiyinish xonasini a'lo darajada boshqarmoqda»

 13 MAY, 2026, 06:36

«Inter»ning sobiq hujumchisi Kristian Veri ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu haqida o'z fikrlarini bildirdi. U Kivu jamoa ichidagi muhitni juda yaxshi nazorat qilayotganini ta'kidladi.

«Kivu o'zining xarakteri borligini va kiyinish xonasidagi eng injiq futbolchilar bilan ham til topisha olishini isbotladi. Ularning barchasi murabbiyning fikriga qo'shiladi. Kiyinish xonasini boshqarish — murabbiy uchun eng qiyin vazifa, ammo Kivu buning uddasidan chiqmoqda», — deya Verining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, Kivudan avval klubni to'rt yil davomida Simone Indzagi boshqargan edi, u hozirda Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Kristian Verining o'zi esa futbolchilik faoliyatini ancha oldin, 2009 yilda yakunlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ