«Real» prezidenti: «Joriy mavsumda bizdan 18 ochko o'g'irlab ketishdi! Meni ettita La Liga chempionligidan mahrum qilishdi!»
12 MAY, 2026, 23:24
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsumda hakamlar qarorlari sabab «qaymoqranglilar» 18 ochkodan mahrum bo'lganini aytdi. Shuningdek, 79 yoshli funktsioner o'z rahbarligi davrida «Qirollik klubi» La Ligada yanada ko'proq chempionlikka erishishi kerak bo'lganini ta'kidladi.
— Qanday qilib jahlim chiqmasin? Men ettita La Liga chempionligini qo'lga kiritdim, ammo ular 14 ta bo'lishi kerak edi. Meni ettitasidan mahrum qilishdi. Joriy mavsumda esa bizdan 18 ochkoni o'g'irlab ketishdi. Bu «tuzum intellektuallari» bizga zarar etkazmoqda, — dedi Peres matbuot anjumanida.
Ispaniya chempionatining 35 turidan keyin «Real» 77 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Florentino Peres «Real» prezidenti lavozimida 2000–2006 yillarda ishlagan. U 2009 yilda mazkur vazifaga yana qaytgan edi.
