logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kasilyas Mourinyuning «Real»ga qaytishiga qarshi chiqdi

 12 MAY, 2026, 22:54

«Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Joze Mourinyuning jamoa bosh murabbiyligiga ehtimoliy tayinlanishi haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

— Menda Mourinyu bilan hech qanday muammo yo'q. Menimcha, u juda katta professional. Ammo men uni «Real»da ko'rishni istamayman. Fikrimcha, hayotimdagi eng muhim klubda ishlash uchun boshqa murabbiylar yaxshiroq tayyorlangan. Bu shaxsiy fikr, xolos, — deb yozdi Kasilyas X ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu «Real»ni 2010–2013 yillarda boshqargan davrda u bilan Iker Kasilyas o'rtasida munosabatlar keskinlashgan edi.

Bu ziddiyat oxir-oqibat jiddiy mojaroga aylanib, jamoa sardori bo'lgan Kasilyasning asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotishiga olib kelgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ