logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frank Lebyof Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» g'alabalaridagi hissasini shubha ostiga oldi

 12 MAY, 2026, 22:42

1998 yilgi Jahon chempioni Frank Lebyof Krishtianu Ronalduning Saudiyaning «An-Nasr» klubidagi faoliyati haqida o'z fikrini bildirdi. «Chelsi»ning sobiq himoyachisi portugaliyalik yulduz jamoaning muvaffaqiyatlarini o'z nomiga yozmasligi kerak deb hisoblaydi — uning fikricha, Ronalduning bu g'alabalarga qo'shgan hissasi u qadar katta emas.

«Ronalduning «An-Nasr» uchun qilgan ishlarini Messi kelganidan keyin «Inter Mayami»da yuz bergan o'zgarishlar bilan hatto solishtirib ham bo'lmaydi. Messi klubni yuqori darajaga ko'tardi va uning natijalarini tubdan o'zgartirib yubordi. Birinchi yildayoq! Bu — shunchaki «vau». «Al-Nasr»ning g'alabalari esa Ronaldusiz ham bo'lgan», — deya Lebyofning so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2022 yilning oxiridan buyon Saudiya Arabistonida to'p surib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ