logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya Pro-Ligasi: «An-Nasr» va «Al-Hilol» ishtirokidagi chempionlik bahsi uchun tarkiblar e'lon qilindi

 12 MAY, 2026, 22:30

Bugun, 12 may kuni Saudiya Pro-Ligasining 32-turi doirasida «An-Nasr» va «Al-Hilol» jamoalari o'rtasidagi muhim bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv Riyoddagi «Al-Avval Park» stadionida bo'lib o'tadi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yangraydi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

«An-Nasr»: Bento, Al-Bushal, Simakan, Al-Amri, Martines, Brozovich, Al-Hassan, Koman, Mane, Feliks, Ronaldu.

«Al-Hilol»: Bunu, Ernandes, Al-Tambakti, Al-Harbi, Al-Davsari, Nevesh, Kanno, Milinkovich-Savich, Al-Davsari, Malkom, Benzema.

Saudiya Arabistoni chempionatining 32-turidan so'ng «An-Nasr» 82 ochko to'plagan holda birinchi o'rinni egallab turibdi. «Al-Hilol» esa 31 o'yinda 77 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda. Agar Krishtianu Ronaldu to'p surayotgan maydon egalari g'alaba qozonishsa, ular muddatidan oldin turnir g'olibiga aylanishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ