logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peres Valverde va Tchuameni janjali haqida fikr bildirdi

 12 MAY, 2026, 22:18

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yarim himoyachilari Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasidagi janjalga munosabat bildirdi.

— Bu futbolchilar o'rtasidagi birinchi mushtlashuv emas. Ular deyarli har mavsumda janjallashib turadi, chunki bir-birini ruhlantirishadi.

Futbolchilar o'rtasidagi janjal juda yomon holat bo'ldi, ammo bu haqda matbuot bilib qolgani undan ham yomoni. Bunday holatlar har yili, hatto bir necha marta sodir bo'lardi, lekin avval hech qachon ma'lumot tashqariga chiqmagan. Bu birinchi marta, — dedi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, 7 may, payshanba kuni mashg'ulot paytida Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida og'zaki tortishuv kelib chiqqan va keyinchalik u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu to'qnashuv natijasida urugvaylik futbolchi bosh qismida jarohat olgan va shifoxonaga olib ketilgan. Har ikki futbolchi 500 ming evro miqdorida jarimaga tortilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ