logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe: «Ba'zan o'zingga emas, balki butun dunyoga tegishlidek tuyuladigan vaziyatlar bo'ladi»

 12 MAY, 2026, 20:48

«Real» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yulduzlik maqomi bilan bog'liq mas'uliyat haqida fikr bildirdi.

«Optimist bo'lishga harakat qilaman. Hammasi joyida. Albatta, ba'zan qiyin bo'ladi, chunki o'zingga emas, balki butun dunyoga tegishlidek tuyg'u paydo bo'ladi. Ammo shu bilan birga, biz bunday hayotni o'zimiz tanlaganmiz. Balki bu darajada bo'lishini kutmagandirmiz, lekin baribir tanlov o'zimizdan bo'lgan. Biz majburiyatlarni o'z zimmamizga olganmiz. Millionlab odamlar o'z minnatdorchiligi, e'tirofi va mehrini izhor qilayotgan bir paytda, faqat salbiy jihatlarga e'tibor qaratish qiyin. Shuning uchun, qaysidir ma'noda nolish — noshukurlik deb hisoblayman.

Men har doim ham vaziyatni to'g'ri boshqara olmaganman. Juda yoshligimda mashhur bo'lib ketdim. Shu sababli ba'zida boshqa odamlarning o'rniga o'zimni qo'yib ko'rish uchun etarlicha tajriba yoki empatiya etishmasdi. Ayrim insonlar meni birinchi va oxirgi marta ko'rishayotganini, keyin esa faqat televizor orqali kuzatishlarini tushunish uchun mulohaza kerak edi. Shuning uchun hozir, garchi odamlar ba'zan ruxsat etilgan chegaralardan chiqib ketishsa-da, ko'proq tushunishga harakat qilaman», — dedi Mbappe.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ