logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Davide Anchelotti Modrichning paypoqlari bilan bog'liq qiziqarli voqeani aytib berdi

 12 MAY, 2026, 20:42

Karlo Anchelottining o'g'li va «Real» bosh murabbiyining sobiq yordamchisi Davide Anchelotti o'z faoliyati davomida shug'ullantirgan eng yaxshi yarim himoyachi kimligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men mashg'ulot o'tkazgan eng buyuk yarim himoyachi? Kroos. Va Modrich. Luka haqida ajoyib bir voqea bor: u har doim «Real» paypoqlarining tagidan o'zining shaxsiy paypoqlarini kiyib o'ynardi. Bir safar «Rayo Valekano» stadionida unga akasidek bo'lib qolgan kitmen (liboslar bo'yicha mas'ul) ularni olib kelishni unutib qo'ygan. O'shanda hamma narsa ostin-ustun bo'lib ketgan, Lukaning g'azabi chiqqan edi. Mana, futbolchilar orasidagi perfektsionistlar (har bir detalga e'tibor beradiganlar) haqida gapirganda shuni tushunish kerak», — dedi Davide Anchelotti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «Real»da to'p tepgan. Hozirda xorvatiyalik futbolchi «Milan» sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ