logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabio Kannavaro 2026 yilgi JChning 5 ta asosiy favoriti qaysi jamoalar ekanini aytdi

 12 MAY, 2026, 20:30

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bir oydan so'ng start oladigan Jahon chempionati oldidan o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi. U bo'lajak mundialda g'oliblik uchun asosiy da'vogar sifatida beshta terma jamoani ajratib ko'rsatdi.

Uning fikricha Frantsiya 2026 yilgi Jahon chempionati g'olibligi uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

“Mundialda men uchun asosiy favoritlardan biri — Frantsiya terma jamoasi. Bundan tashqari, ikkita kuchli tarkibga ega Portugaliya ham g'oliblik uchun da'vogar. Shuningdek, Janubiy Amerika jamoalari – Argentina hamda Braziliyani ham unutmaslik kerak. Angliya ham juda kuchli”, dedi Kannavaro Milliy futbol markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Ma'lumot uchun, Portugaliya O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa guruh bosqichidagi ilk o'yinini Meksikada o'tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQShdagi stadionlarda bo'lib o'tadi. “Oq bo'rilar” 18 iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi. Jamoa ikkinchi tur doirasida 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Mazkur bellashuv AQShdagi “Xyuston” stadionida o'tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so'nggi uchrashuv 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun 26 may kuni Toshkent – Nyu York yo'nalishida uchib ketadi. Kannavaro jamoasi 1 iyun kuni Kanada bilan, 8 iyun sanasida esa Niderlandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ