logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Lill» yulduzi erkin agentga aylanmoqda

 12 MAY, 2026, 20:18

Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Nabil Bentaleb shu yozda «Lill»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Futbolchining «itlar» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi va unga xorij klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Turkiyaning «Beshiktosh» klubi yarim himoyachining atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Shuningdek, Turkiyaning yana bir klubi Bentalebga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Yarim himoyachida faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyatlari ham bor. Bundan tashqari, Liga 1 grandlari va APLning o'rtamiyona jamoalari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqdalar.

Joriy mavsumda Bentaleb «Lill» safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ