logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» futbolchilari Valverdening sotuvga qo'yilishini istashmoqda

 12 MAY, 2026, 19:24

Madridning «Real» klubi ichidagi vaziyat keskinlashda davom etmoqda. Jurnalist Ramon Alvares de Monning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, kiyinish xonasida katta obro'ga ega bo'lgan ba'zi futbolchilar klub rahbariyatidan jamoa sardori va yarim himoyachisi Federiko Valverdeni shu yozda sotib yuborishni so'rashmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, klub rahbariyati uchun Valverdening sotuvi «juda nozik» mavzu hisoblanadi. Bunga urugvaylik futbolchining «Real» bilan bosib o'tgan uzoq va muvaffaqiyatli yo'li sabab bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, 7 may kuni mashg'ulot vaqtida Valverde va boshqa bir yarim himoyachi Orelen Tchuameni o'rtasida og'zaki nizo kelib chiqqan va bu kiyinish xonasidagi mushtlashuvga aylanib ketgan edi. To'qnashuv natijasida Valverdening boshi yorilib, shifoxonaga etkazilgan. Klub har ikki futbolchini 500 ming evro miqdorida jarimaga tortgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ