logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dani Karvaxal Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 uchun tarkibiga kiritilmadi

 12 MAY, 2026, 18:48

Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal 2026 yilgi jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatiga kiritilmadi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Ma'lumotlarga ko'ra, FIFA Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente tomonidan tayyorlangan 55 nafar futbolchidan iborat dastlabki ro'yxatni olgan. Ushbu ro'yxatda Dani Karvaxalning nomi yo'q.

Avvalroq de la Fuente futbolchi bilan shaxsan telefon orqali gaplashgani aytilmoqda. Ehtimol, murabbiy unga o'z qarorini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, Karvaxal uzoq yillar davomida Ispaniya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib kelgan va sog'lom bo'lgan paytlarda doimiy tarkibda joy olgan.

Ispaniyaning kengaytirilgan ro'yxatiga «Real»dan Din Xeysen, Fran Garsiya va hujumchi Gonsalo Garsiya kiritilgan. «Barselona» esa 9 nafar futbolchi bilan eng ko'p vakilga ega klub bo'lgan.

Terma jamoaning yakuniy tarkibi keyinroq e'lon qilinadi. Luis de la Fuente JCh-2026 uchun 26 nafar futbolchini tanlaydi hamda 55 kishilik ro'yxatdan tashqari qo'shimcha guruhni ham belgilaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ