logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeriga Nvaneri kerak

 12 MAY, 2026, 16:54

«Aston Villa» yozgi transferlar oynasida «Arsenal» yarim himoyachisi Itan Nvanerini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Arsenal» 18 yoshli iqtidor sohibini taxminan 62 million evro evaziga sotishga tayyor. London klubi yozgi faol transfer kampaniyasi uchun byudjet shakllantirishga intilmoqda. Nvaneri anchadan beri «Arsenal»ning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri hisoblab kelinadi, biroq joriy mavsumda u doimiy o'yin amaliyoti borasida qiyinchiliklarga duch keldi va mavsumning bir qismini «Marsel»da ijarada o'tkazdi.

Alohida qayd etilishicha, transfer amalga oshgan taqdirda, Nvaneri jamoada ijara asosida to'p surayotgan, ammo hozircha asosiy tarkibdan mustahkam o'rin egallay olmagan Xarvi Elliottga potentsial o'rinbosar sifatida ko'rilishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ