logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» APLning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo'lga kiritish uchun kurashda peshqadam

 12 MAY, 2026, 16:48

Myunxenning «Bavariya» klubi APLning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo'lga kiritish uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

Mashhur jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Germaniya grandi ayni damda «Nyukasl» a'zosi Entoni Gordonni sotib olishga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Futbolchi shu yozda klubni tark etishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Barselona» ham 25 yoshli ingliz futbolchisining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Entoni Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ