logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ"ning jarohatdagi futbolchilarining holati ma'lum bo'ldi

 12 MAY, 2026, 15:24

«PSJ» o'zining rasmiy saytida jamoadagi kadrlar holati bo'yicha ma'lumot e'lon qildi.

Unga ko'ra, yarim himoyachi Li Kan-In «Brest»ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgani sababli yaqin vaqt ichida trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazadi. Lyuka Shevale, Ashraf Hakimiy va Kenten Ndjantula trenajyor zalida individual tarzda shug'ullanmoqda.

Vilyan Pacho, Nunu Mendesh va Uorren Zair-Emeri esa tiklanish dasturi asosida ish olib borishmoqda.

Ertaga, 13 may kuni «PSJ» safarda «Lans»ga qarshi maydonga tushadi. Luis Enrike shogirdlari so'nggi tur oldidan Frantsiya chempionligini naqd qilishlari uchun ushbu o'yinda durang qayd etishlari kifoya.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ