logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas "Real"da ishlashga tayyor

 12 MAY, 2026, 15:06

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Komo» jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Sesk Fabregas «Real Madrid»ni boshqarish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

— Sizda qandaydir «qizil chiziqlar» (taqiqlar) bormi? Agar kun kelib «Madrid» qo'ng'iroq qilsa... «Real» murabbiyi bo'la olarmidingiz?

«Menda hech qanday «qizil chiziqlar» yo'q. Faoliyatim boshidanoq aniq belgilab olgan yagona cheklov — bu kimningdir assistenti (yordamchisi) bo'lishni istamasligim edi. Men bosh murabbiy bo'lishni xohlashimni aniq bilaman.

Qolgan narsalarga jumladan, «Madrid» variantiga kelsak — bu haqda hatto o'ylab ko'rganim ham yo'q. Bu kabi narsalarni mulohaza qilishga shunchaki vaqtim bo'lmadi», — dedi Fabregas.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ