logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Aston Villa" Martinesga o'rinbosarlar topdi

 12 MAY, 2026, 14:18

"Aston Villa" klubi jamoaning asosiy posboni Emiliano Martinesning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. 33 yoshli argentinalik yulduzga Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish borligi haqidagi xabarlar fonida, Unai Emeri jamoasi Frantsiya bozoriga e'tibor qaratdi.

Klub skautlari ayni damda ikki nafar yosh iqtidorni kuzatishmoqda. Bular — "Tuluza" a'zosi Giyom Rest va "Lans" darvozaboni Roben Risser. Risser joriy mavsumda "Lans"ning muvaffaqiyatlarida, xususan, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishida katta rol o'ynadi va uning transferi ancha qimmatga tushishi mumkin. Rest esa "Tuluza" safidagi ishonchli o'yinlari bilan "Villa"ning short-listiga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, Martinesning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ