logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Valverde sardorlik bog'ichidan mahrum qilmoqchi. Fede sotilishi mumkin

 12 MAY, 2026, 14:00

«Real» jamoa futbolchisi Federiko Valverdega nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan turli sanktsiya variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Avvalroq, Valverde mashg'ulotdan so'ng jamoadoshi Orelen Tchuameni bilan mushtlashib ketgani ma'lum bo'lgan edi. To'qnashuvning har ikki ishtirokchisi 500 ming evro miqdorida jarimaga tortildi. Sport.es nashrining ta'kidlashicha, «Real» Valverdeni sardorlik bog'ichidan ham mahrum qilishi mumkin.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Valverde sardorlik maqomi uchun zarur bo'lgan namunali xulq-atvor sohibi emas. Uning etakchilik fazilatlariga nisbatan shubhalar hali Xabi Alonso bosh murabbiy bo'lib ishlayotgan davrdayoq paydo bo'lgan edi.

Eng keskin chora sifatida «Real»ning asosiy aktivlaridan biri bo'lib qolayotgan Valverdeni sotib yuborish varianti ko'rilishi mumkin. 27 yoshli urugvaylik futbolchining transfer qiymati 120 mln evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ