logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» «Real»ga qarshi o'yindan rekord miqdorda foyda oldi

 12 MAY, 2026, 13:54

Yaqinda bo'lib o'tgan «el-klasiko»da «Barselona» Madridning «Real» klubini mag'lub etib, chempionlikni naqd qildi. Biroq ushbu uchrashuv kataloniyaliklar rahbariyati uchun nafaqat g'alaba, balki boshqa jihati bilan ham quvonarli bo'ldi.

Katta o'yin — katta daromad demakdir, ammo «blaugrana» uchun bu galgi tushum rekord darajaga etdi. As nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi «Real» bilan o'yindan 16,4 mln evro ishlab topgan. To'g'ri, bu raqam hali yakuniy emas, biroq u kamaymasligi aniq. Agar raqamlar o'zgarsa, faqat o'sish tomonga o'zgarishi mumkin, chunki «Kamp Nou»dagi barcha daromad manbalari hali to'liq hisoblab chiqilmagan.

Klub bosh direktori Manel Del Rio o'yindan oldin ta'kidlaganidek, o'tgan yili «Barselona»ning daromadi 14 mln evroga biroz etmagan edi. Joriy foydaning 80 foizini esa abonement egalari va individual chipta sotib olgan muxlislar ta'minladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ