logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi»ning yosh yulduzi JCh-2026 armon bo'lib qoladi

 12 MAY, 2026, 12:54

«Chelsi» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Estevao katta ehtimol bilan JCh-2026 final bosqichini o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda Globo.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasining JCh-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmaydi. Unda eski jarohati qaytalandi va u turnir boshlanguniga qadar tiklanishga ulgurmaydi. Terma jamoa «Chelsi» shifokorlarining tavsiyalariga amal qilishga qaror qilgan.

Estevao 2026 yilning fevral oyida tizza osti paylaridan jarohat olgan edi, keyinchalik esa retsidiv (jarohatning qaytalanishi) kuzatildi. Shu sababli u «Chelsi»ning allaqachon o'nta o'yinini o'tkazib yubordi.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 36 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoa safida esa futbolchi jami 11 ta o'yinda 5 ta gol muallifiga aylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ