logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» sport direktori lavozimiga asosiy nomzod ma'lum qilindi

 12 MAY, 2026, 12:42

«Roma» rahbariyati vakillari «Pafos» sport direktori Kristiano Jaretta bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sportitalia.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 58 yoshli italiyalik mutaxassisning ustunliklari qatorida turli chempionatlardagi ish tajribasi va ingliz tilini mukammal bilishi qayd etilgan. Shuningdek, «Pafos»ning natijalari ham e'tiborni tortgan: jamoa 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi umumiy bosqichi jadvalida 36 ta jamoa ichida 26-o'rinni egalladi.

Jaretta 2023 yilning dekabrida «Pafos» sport direktori etib tayinlangan edi. U avvalroq «Uotford», Sofiyaning TsSKA, «Askoli», «Udineze» va «Novara» klublarida ham xuddi shu lavozimda faoliyat yuritgan.

«Roma» klubni tark etayotgan Frederik Massaraning o'rniga yangi sport direktori izlamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ