logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Camarqandda 200 000 000 mukofot puliga ega Uzbekistan Judo Tour g'oliblari aniqlandi

 12 MAY, 2026, 11:16

Samarqand shahri mezbonlik qilgan Uzbekistan Judo Tour turkum musobaqalarining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida g'oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda o'z vaznlarida SHukurjon Aminova, Abdurahmon Sadullaev, Mirjalol To'xtaev va yosh polvonimiz Fazliddin Rafiqov Samarqand Uzbekistan Judo Tour shohsupasining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. 

Anvarjon Ibrohimov, Artyom SHturbabin, Muhriddin Tilovov, Sevinch Isoqova singari terma jamoaga nomzod dzyudochilarning sovrinli o'rinlarsiz qolishi bellashuvlarning qanchalik murosasiz kechganidan darak bermoqda. Uzbekistan Judo Tour musobaqasini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad ham yangi istedodlarni kashf etishdan iborat. 

Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 200 million so'mdan iborat bo'lib, g'oliblar 22, kumush medal egalari 14 va bronza medal sohiblari 7 million so'mga ega chiqishdi.  


Samarqand Uzbekistan Judo Tour g'olib va sovrindorlari

-63 kg vazn toifasi

1. SHukurjon Aminova (Xorazm)

2. Marjona Nurulloeva (Samarqand)

3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)

3. Farangiz Rejepova (Buxoro)


-66 kg vazn toifasi

1. Abdurahmon Sadullaev (Toshkent shahri)

2. Asadbek Misirov (Samarqand)

3. Azizbek Himmatov (Navoiy)

3. SHohruh Ibadullaev (Xorazm)


-81 kg vazn toifasi

1. Mirjalol To'xtaev (Samarqand)

2. To'lqin Ochilov (Qoraqalpog'iston)

3. Muhammaddo'st Eshdavlatov (Qashqadaryo)

3. Sadulla Ravshanov (Qashqadaryo)


+90 kg vazn toifasi

1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)

2. Jaloliddin Qurbonmurotov (Qashqadaryo)

3. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)

3. Timur Salam-Zada (Samarqand)












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ