«Borussiya» to'purari jamoaning o'yin uslubi sabab ketishi mumkin
12 MAY, 2026, 11:12
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi jamoani tark etishi mumkin.
Xabar qilinishicha, 30 yoshli forvard jamoadagi ba'zi holatlardan norozi. Uning bosh murabbiy Niko Kovach bilan munosabatlari yaxshi bo'lsa-da, futbolchiga jamoaning o'yin uslubi ma'qul kelmayapti.
Ettita alohida klub uchun amal qiladigan 50 million evro miqdoridagi tovon puli sezilarli darajada pasaygan. «Real», «Barselona», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari futbolchini sotib olish bandini faollashtirishi mumkin.
Shuningdek, hujumchiga «Milan», «Tottenxem» va «Fenerbaxche» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha hech qaysi klub «Borussiya»ga rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.
Ushbu mavsumda Girassi Bundesliganing 32 ta o'yinida maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
