logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da yil o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi

 12 MAY, 2026, 09:36

«Manchester Siti» 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Etihad Player of the Season" sovriniga da'vogar futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Nomzodlar qatoriga O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham kiritildi. Jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo'yicha ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan bo'lib, u 15 maygacha davom etadi.

Shundan so'ng hal qiluvchi bosqichga chiqadigan uch nafar finalchi aniqlanadi.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda Husanov «shaharliklar» safida ikki marta — yanvar va mart oylarida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O'tgan mavsumda esa «Manchester Siti»ning eng yaxshi futbolchisi sovrini xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolga nasib etgan edi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ