logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski pastroq darajadagi ligalarga o'tishni istisno qilmadi

 12 MAY, 2026, 09:30

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski o'zining kelajagi haqida gapirdi.

«Yoshim deyarli 38 da, lekin jismonan o'zimni yaxshi his qilyapman, shuning uchun turli variantlarni ko'rib chiqyapman.

Shuni hisobga olishim kerakki, endi nafaqat futbol o'ynash, balki hayotdan zavqlanish vaqti ham keldi. Pastroq darajadagi ligalar? Ehtimol, shunday variant paydo bo'lar, men buni istisno qilmayman. Shartnomam yakuniga qadar taxminan 50 kun qoldi, shu bois qaror qabul qilish uchun vaqt etarli. Bir nechta takliflarni eshitib ko'raman va shundan so'ng bir to'xtamga kelaman.

Hozir turgan joyimni qadrlayman va bu menga yoqadi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz, lekin bir narsani aniq ayta olaman: men faoliyatimni davom ettirmoqchiman», — dedi polshalik hujumchi AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Levandovski joriy mavsumda «Barselona» bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ