logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishga tayyor — Sky Sports

 12 MAY, 2026, 08:24

Italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri mamlakat milliy terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

— Avvalroq Italiya terma jamoasiga «yo'q» degandim, chunki o'sha vaqtda «Roma»da ishlayotgan edim va ikki lavozimni bir vaqtning o'zida egallay olmasdim. Hozir esa erkinman, shuning uchun kimdir qo'ng'iroq qilsa, nega endi yo'q? Hech qachon «hech qachon» dema.

Bosh murabbiy yoki faqat menejer sifatida ishlashga rozimanmi? Bilmayman. Sizni mamlakatingiz chaqirsa, «ha» deysiz — tamom, — dedi Raneri Sky Sports’ga.

Raneri 2026 yil aprel oyi oxirida «Roma» boshqaruv kengashi maslahatchisi lavozimini tark etgan edi. U ushbu vazifada 2025 yil iyulidan buyon faoliyat yuritgan.

74 yoshli mutaxassis faoliyati davomida «Roma», «Kalyari», «Uotford», «Sampdoriya», «Chelsi», «Atletiko», «Fiorentina», «Napoli», «Fulxem», «Nant», «Lester», «Monako», «Inter», «Yuventus», «Parma», «Valensiya» hamda Gretsiya terma jamoasini boshqargan.

Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma ololmadi. Milliy jamoa pley-off bahsida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi (1:1, penaltilar seriyasi — 1:4). Shundan keyin bosh murabbiy Jennaro Gattuzo iste'foga chiqarilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ