logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lamin Yamalning xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarni «portlatdi» (VIDEO)

 12 MAY, 2026, 06:30

«Barselona» o'z maydonida «Real»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, Ispaniya chempioniga aylandi. Dushanba kuni «ko'k-anorranglilar»ning chempionlik paradi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida kataloniyaliklarning yulduz vingeri Lamin Yamal «Real»ga «piching» qildi.

Ochiq avtobus tomida turgan Yamal «Barselona»ning provokatsion yozuvli futbolkasini namoyish etdi. Unda: «Madridist bo'lmaganim uchun Xudoga shukur», degan so'zlar yozilgan edi.

«Barselona» La Ligadagi navbatdagi o'yinini chorshanba, 13 may kuni o'tkazadi. Shu kuni Xans-Diter Flik jamoasi safarda «Alaves» mehmoni bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal jarohati sababli klubdagi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yubormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ