logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joze Mourino "Real"ga qaytish uchun ikkita asosiy shart qo'ydi

 11 MAY, 2026, 23:00

Matbuotda Joze Mourinoning "Real" bosh murabbiyligiga qaytishi borasidagi xabarlar yana avj olmoqda. AS nashrining dushanba kungi sonida ushbu mavzuga bag'ishlangan yangi material e'lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, Mourino "qaymoqranglilar" ixtiyoridagi hozirgi holatni tahlil qilib chiqqan va klub oldiga ikkita talab qo'ygan. Birinchidan, portugaliyalik mutaxassis transfer siyosatiga ta'sir o'tkazishni istamoqda. Mourino aniq futbolchilar nomini tanlashdan ko'ra, kuchaytirilishi kerak bo'lgan pozitsiyalar bo'yicha uning fikri inobatga olinishini talab qilmoqda. Uning fikricha, "Real" tarkibi hozirda ayrim chiziqlarda muvozanatni yo'qotgan.

Ikkinchidan, murabbiy klubda har bir xodim o'z vazifasini bajaradigan va murabbiylar shtabi ishiga hech kim aralashmaydigan qat'iy tuzilmani joriy etish istagida.

Muzokaralar "Benfika" uchun mavsum yakunlanganidan so'ng tezlashishi kutilmoqda. Ayni damda Mourino "burgutlar"ni Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasiga diqqatini qaratgan. Buning uchun jamoa so'nggi tur natijalariga ko'ra turnir jadvalida ikkinchi o'rinni saqlab qolishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ