Allegri ketadimi? «Milan» bosh murabbiyligi uchun ikki asosiy nomzod ma'lum
11 MAY, 2026, 17:36
Massimiliano Allegri «Milan» boshqaruvidagi bir mavsumdan so'ng klubni tark etishi mumkinligi hech kimga sir emas. Klub rahbariyati allaqachon bunday holat uchun ehtimoliy nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Ularning ikkalasi ham italiyalik mutaxassislardir.
Variantlardan biri — ayni damda Portugaliyaning «Portu» jamoasini boshqarayotgan Franchesko Farioli. Shuningdek, Sport Mediaset nashri bergan xabarga ko'ra, hozirda «Bolonya» ustozi bo'lib ishlayotgan Vinchentso Italyano nomzodi ham o'rganilmoqda. Italiyada uni allaqachon katta klubda ishlashga tayyor deb hisoblashadi.
