logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» yulduzlari chempionlikdan so'ng velosipedda sayrga chiqishdi (Video)

 11 MAY, 2026, 17:24

«Barselona» futbolchilari Ispaniya chempionatidagi g'alabani o'zgacha tarzda nishonlashdi.

La Liganing 35-turida «Real» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) va chempionlik naqd qilinganidan so'ng, yarim himoyachilar Dani Olmo va Pedri, shuningdek, himoyachi Erik Garsiya tungi Barselona ko'chalarida velosiped uchishga yo'l olishdi. Futbolchilar mana ikki yildirki chempionlikni aynan shunday nishonlamoqdalar.

O'tgan mavsumda Olmo, Pedri, Garsiya va Inigo Martines velosipedlarda appenditsit operatsiyasidan so'ng sog'ayib chiqayotgan Ferran Torresni yo'qlash uchun shifoxonaga borishgan edi. Bu safar esa futbolchilar shunchaki shahar ko'chalari bo'ylab sayr qilish bilan cheklanishdi.

Bundan tashqari, Mark Kasado va Alexandro Balde chempionlik shodiyonalarini bevosita klub muxlislari bilan birgalikda o'tkazishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ