logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» «Tottenxem» yulduziga ko'z tikdi

 11 MAY, 2026, 16:30

Londonning «Tottenxem» klubi markaziy himoyachisi Mikki van de Ven «Barselona»ga o'tishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» 25 yoshli niderlandiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi agar «shporlar» mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketsa, himoyachini hech qanday muammosiz qo'lga kirita olishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda van de Ven barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining «Tottenxem» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ