Joau Kanselu tarixiy rekord o'rnatdi
11 MAY, 2026, 13:24
Joau Kanselu Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan to'rttasida g'olib chiqqan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Portugaliyalik himoyachi yakshanba kuni «Barselona» bilan birgalikda Ispaniya chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. 31 yoshli Kanselu o'z faoliyati davomida, shuningdek, «Manchester Siti» bilan APLda, «Yuventus» bilan A Seriyada va «Bavariya» bilan Bundesligada zafar quchgan.
Bundan tashqari, u «Benfika» safida Portugaliya chempioni ham bo'lgan. Endi unga kuchli beshlik ligalaridan faqat Frantsiya Liga 1 tituli etishmayapti.
