logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» va «Nyukasl» «Monako» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

 11 MAY, 2026, 11:48

«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliya Premer-ligasi klublarining qiziqishlar doirasiga tushdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Liverpul» va «Nyukasl» senegallik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Ingliz klublari yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Transfermarkt portali 22 yoshli xavbekning transfer qiymatini 35 million evroga baholagan. Joriy mavsumda Lamin Kamara «Monako» safida barcha turnirlar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, futbolchining monegasklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ